Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Windows 11ni tezlatish yo‘li topildi

Windows 11ni tezlatish yo‘li topildi

Foto: ZDNet

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Windows 11 da o‘rnatilgan fayllar menejeri (“provodnik”)ni tezlatish yo‘lini topishdi. Bu haqda HotHardware nashri xabar berdi.

Windows 11 ning faol versiyasidan foydalanuvchilar fayllar menejeri (“provodnik”) juda sekin ishlashidan ko‘p shikoyat qilishadi. Ularga buning yechimini X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida VivyVCCS niki ostidagi foydalanuvchi topib berdi, deb yozdi nashr.

O‘sha mutaxassis (foydalanuvchi)ning aytishicha, navigatsiyalar panelidagi yangilanishlar fayllar menejerining tormozlanishiga sabab bo‘lishi mumkin, chunki “provodnik” har bir papkani ochish jarayonida navigatsiyalar paneli bilan bog‘lanadi.

Xo‘sh, tezlatuvchi o‘sha sehrli tugma qaysi?

VivyVCCS tushuntirishicha, navigatsiyalar panelini o‘chirib qo‘yish kerak, buning uchun F11 tizim tugmasi ikki marta bosilib, to‘liq ekranli rejimga kirish va qaytib chiqish kifoya. Sinab ko‘ramiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring