Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

"NASA Space Apps Challenge 2024"da eng kuchlilar aniqlandi!

"Butunjahon kosmos haftaligi" doirasida "O‘zbekkosmos" va "NASA" agentliklari hamkorligida yirik hakaton tadbiri o‘tkazildi. 

Unda 200 nafarga yaqin yoshlar 40 dan ortiq jamoalarga bo‘lingan holda “NASA” tomonidan berilgan dolzarb 30 ta mavzu bo‘yicha o‘zlarining yechim va kreativ loyihalarini ishlab chiqishdi.

Yakunda quyidagi natijalar qayd etildi:

▪️1-o‘rin: "Phds" jamoasi 

▪️2-o‘rin: "Open Sommunity" jamoasi 

▪️3-o‘rin: "AvocadOS" jamoasi

Rag‘batlantiruvchi nominatsiyalar:

▪️"Eng yaxshi ta’lim loyihasi" - "Galaxy Elite" jamoasi 

▪️"Eng yaxshi MVP" - "Geek Armagedon" jamoasi

Qayd etish lozim, “NASA space apps challenge” tanlovida har yili dunyoning 160 dan ortiq davlatlaridan 180 mingdan ziyod yoshlar qatnashishadi. O‘zbekiston esa mazkur hakatonda 3 yildan buyon muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring