Namanganlik informatika o‘qituvchisi o‘quv xonasini o‘z hisobidan jihozladi
Uchqo‘rg‘on tumanidagi 2-maktab o‘qituvchisi o‘quv xonasini o‘z hisobidan jihozladi, bu haqda Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
12 mln so‘m maosh oluvchi informatika o‘qituvchisi Dilshodbek Muxtorov informatika va robototexnika xonasini o‘z hisobidan jihozlashga qaror qildi: o‘quvchilarning IT-soha bo‘yicha bilim olishlariga yanada qulay bo‘lishi uchun 16 ta parta, 40 ta stul va boshqa jihozlar keltirildi.
Qo‘shimcha ma’lumot berilishicha, uning o‘quvchilaridan biri tanlovda g‘olib chiqib, OTMga kirish uchun grantni qo‘lga kiritgan. Qolaversa, ushbu maktabning 6-sinf o‘quvchilari “Robot-uz 2023” xalqaro robototexnika olimpiadasida sovrindor bo‘lishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter