Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

E’zoza Turg‘unova

«Agar inson nimanidir chin dildan orzu qilsa, butun koinot uni shu orzusiga yetishtirish payida bo‘ladi!»

"Hammani ish bilan ta'minlash oson bo‘lgan soha bor" — “Najot Ta’lim” asoschisi (video)

Assalomu alaykum. “IT-Motivatsiya” ko‘rsatuvining bugungi qahramoni ko‘pchilikka ma’lum va mashhur “Najot Ta’lim” o‘quv markazi asoschisi Temurbek Adhamov.

– Suhbatlaringizdan birida “Musulmonlar zamonaviy texnologiyalarni o‘rganishi shart!”, degan ekansiz. Keling, shu fikringizga biroz to‘xtalib o‘tsak. Umuman olganda IT sohasi insonlarga nima beradi?

– Haqiqatan ham IT sohasi bugun hamma uchun nihoyatda zarur. Mamlakatning rivojlanishi uchun ham IT sohasi juda muhim. Buning uchun esa ingliz tili va matematikaga ko‘proq urg‘u berish kerak. Chunki bugungi kunda hammani bemalol ish bilan ta’minlay olish mumkin bo‘lgan soha — dasturlash. Tabiiyki, dasturlashni bilgan inson oilasini tashlab, xorijga ketishiga hojat qolmaydi. O‘z yurtida, oila bag‘rida ham yuqori daromad topa oladi.

– Ayollar uchun qanchalik zarur bu soha? Shaxsan o‘zingiz ayollarning dasturchi bo‘lishiga qanday qaraysiz?

– IT sohasi ayollar uchun eng qulay soha, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. To‘g‘ri, qizlar o‘qituvchi yoki shifokor bo‘lishi kerak, degan ayrim stereotiplar hali ham yo‘q emas. Ammo bu sohani o‘rgangan qizlar frilanser sifatida uyda o‘tirib ham ishlashlari mumkin. Xususan, bizning “Najot Ta’lim” o‘quv markazimizda xotin-qizlar uchun istalgan yo‘nalishda o‘qishga 10 foizlik chegirma mavjud.

– Xodimlaringiz o‘rtacha qancha maosh olishadi?

– Endi ishga kirganlar 2 milliondan, tajribasiga qarab, o‘rtacha 25 milliongacha maosh olishadi.

– Yana bir intervyuda “Najot Ta’lim”dan umuman foyda ko‘rmayman, hattoki shaxsiy uyim va mashinam ham yo‘q, degan ekansiz. Boshqa qo‘shimcha daromad manbaingiz mavjudmi yoki moddiy manfaatlar sizni unchalik qiziqtirmaydimi?

– Men bu yerda xarajatlarim uchun hamma qatori o‘zimga ham oylik ajrataman. Ammo asosiy daromadni kompaniyani rivojlantirish uchun sarflayman.

– Qaysi ijtimoiy tarmoqlardan ko‘proq foydalanasiz?

– Asosan Instagram ijtimoiy tarmog‘idan foydalanaman. Kompaniyaning marketingini ham o‘zim yurg‘izganligim bois kun davomida o‘rtacha 3 soat vaqtimni ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazaman.

– “Najot Ta’lim” o‘quv markazining O‘zbekistonda va xorijda raqobatchilari kimlar

– Nafaqat “Najot Ta’lim”, balki barcha IT sohasiga ixtisoslashgan o‘quv markazlarining eng katta raqobatchisi — xorijga ishga ketayotganlar...

Temurbek Adhamov nima uchun bunday dedi? Umuman olganda, “Najot Ta’lim”ning boshqa o‘quv markazlaridan ajralib turadigan jihati bormi? Qachon IT sohasi bo‘yicha o‘qib, natija olmaslik mumkin? Shu va shu kabi savollarga javoblarni, qolaversa, hali hech qayerda aytilmagan gaplarni, IT sohasiga qiziquvchilar uchun ajoyib yangiliklarni Xabar.uz axborot-tahliliy portalining YouTube kanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.

E’zoza Turg‘unova suhbatlashdi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring