Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Microsoft kompaniyasi Windows 10 yangilanishini pulli qilmoqchi

Microsoft kompaniyasi Windows 10 yangilanishini pulli qilmoqchi

Foto: G2A

Windows 10 umri intihosiga yaqinlashmoqda: Microsoft kompaniyasi “eskirgan” operatsion tizimining kelgusi taqdiri nima bo‘lishini ochiqladi.

Rasmiy qo‘llab-quvvatlov tugaganidan so‘ng ham Windows 10 ni ishlatishda davom etuvchilarga xavfsizlik bo‘yicha yangilanishlar taqdim etib boriladi. Biroq tekinga emas.

Windows 10 “yaroqlilik muddati 2025-yil 14-oktyabrida tugaydi. Ko‘rsatilgan sanadan so‘ng ham kompaniya xavfsizlik patchlarini chiqarishdan to‘xtamaydi, ammo shart bilan. Tashkilotlar va alohida foydalanuvchilarga faqat pulli obuna modeli asosida xizmat ko‘rsatiladi. Narxlari qanchaligi keyinroq ma’lum qilinadi.

Kompaniya ta’kidlashicha, yangilanishlar Windows 10 dagi turli zaifliklarni qoplashga qaratiladi, operatsion tizim uchun qo‘shimcha funksiyalar paydo bo‘lishini kutmang.

Avvalroq Microsoft xuddi shunday yechimni Extended Security Updates dasturi doirasida Windows 7 uchun tatbiq etgan. “O‘nlik” uchun qo‘shimcha apdeytlar chiqarilishi uch yilgacha davom etishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring