Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Microsoft ChatGPT o‘rnatilgan brauzerni taqdim etdi: qayerdan yuklab olish mumkin?

Microsoft ChatGPT o‘rnatilgan brauzerni taqdim etdi: qayerdan yuklab olish mumkin?

ChatGPT paydo bo‘lganidan keyin kompaniya OpenAI bilan yaqindan hamkorlik qila boshladi. Endi Microsoft’ning xususiy brauzerida qisqacha tavsif asosida matn hosil qiluvchi o‘rnatilgan neyron tarmoq mavjud.

Kompaniya o‘z mahsulotini "butunlay yangi Bing qidiruvi" deb ataydi. Endi Bing brauzerida foydalanuvchi ikkita qidiruv variantini tanlashi mumkin: manbalarga klassik havolalar yoki ChatGPT’dan tayyor natija. Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, kelajakda qidiruv tizimining eskirgan ko‘rinishi olib tashlanadi va faqat neyron tarmoq natijalari qoladi.

Bing‘ning yangilangan versiyasi "New Bing" deb nomlangan. AI chat brauzeri 1000 belgigacha bo‘lgan so‘rovlarni ko‘rib chiqishga qodir. U 100 ta tilda ishlaydi.

Endi, Bing brauzeri orqali nafaqat qidiruvni amalga oshirishingiz, balki kodni tahrirlash, individual ovqatlanish rejalarini yaratish (neyron tarmoq xohishingizni hisobga oladi), so‘rovlaringizga muvofiq sayohat rejalarini tashkil qilish mumkin. Bundan tashqari, PDF faylni Bing‘ga yuklasangiz, dastur qisqacha konspekt yaratadi. Brauzer bilan simbiozdagi neyron tarmoq qidiruvni yanada individual qiladi.

Xohlaganlar "New Bing"ni yuklab olish uchun havola orqali so‘rov qoldirishlari mumkin. Microsoft uni ishga tushirish mumkin bo‘lganda bildirishnoma yuboradi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, ChatGPT Bing tomonidan sinovdan o‘tkazilgandan so‘ng mashhur Edge brauzerida ham paydo bo‘ladi. Kelajakda AI chati Windows tizimiga ilova ichidagi yordamchi sifatida o‘rnatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring