Meta yoshlar bilan muloqot qiladigan AI botini taqdim etadi

Meta Connect tadbiri 27 sentyabr, chorshanba kuni boshlanadi, u yerda, The Wall Street Journal nashriga ko‘ra, Mark Sukerberg tomonidan asos solingan kompaniya yosh foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan yangi sun’iy intellekt chatbotini taqdim etadi. Ichkarida "Gen AI Personas " nomi bilan tanilgan yangi AI boti yosh foydalanuvchilarni yanada rang-barang xatti-harakatlarga jalb qilishga qaratilgan turli xil "personaj"da keladi.
The Wall Street Journal ma’lumotlariga ko‘ra, Meta ushbu chatbotlarning "o‘nlab"ini ishga tushiradi, shuningdek, mashhurlarga o‘z muxlislari bilan muloqot qilish uchun o‘z personajlarini yaratishga imkon beruvchi chatbot yaratish vositasini ishlab chiqmoqda. Shuningdek, tadbirda samaradorlikni oshirishga qaratilgan va dastur kodlarini yozish va boshqa muammolarni hal qilishda yordam beradigan boshqa dasturlar taqdim etilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter