May oyining eng yaxshi Android smartfonlari

AnTuTu benchmarki “xalqona” android-smartfonlar reytingini yangiladi. Reytingdan mijozlarga eng yoqqan smartfonlar o‘rin oldi.
Reytingda foydalanuvchilarning 97,5 foiz ovozini to‘plagan Meizu 20 Pro birinchi o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlarda: Huawei P60 Pro (94,4 foiz) va Vivo X90 Pro+ (93,33 foiz) turibdi. Kuchli beshtalikka Nubia Z50 Ultra (93,06 foiz) va OPPO Find X6 Pro (93,05 foiz) smartfonlari kirdi.
Keyingi o‘rinlarda Xiaomi 13 Pro (92,67 foiz), Honor Magic5 Pro (92,62 foiz), Samsung Galaxy S23 Ultra (92,58 foiz), Honor Magic5 Supreme Edition (92,38 foiz) va Honor X40 GT (91,85 foiz).
Buni qarangki, Xiaomi 13 Ultra kuchli o‘ntalikdan chiqib ketdi. Aprel oyida u ayni shu ro‘yxatda ikkinchi o‘rnini egallagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter