Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Massajchilarni ortda qoldiradigan roboqo‘l (+video)

Massajchilarni ortda qoldiradigan roboqo‘l (+video)

Foto: Hi-tech.mail.ru

Amerikadagi Flexiv kompaniyasi Rizon 4 robotini taqdim etdi. U eng mahoratli massajchilarni ham ortda qoldirar emish.

Roboqo‘lning vazni 20 kg. 7 ta yo‘nalishda harakatlanadi, sun’iy intellekt bilan ishlaydi, kamera va lidarlar ko‘z vazifasini bajaradi. Mexanizm umurtqa qayerda joylashgan-u tana hajmi qanchaligini yaxshi biladi. Massajning ham har xil turini biladi. Shuningdek, tananing qaysi qismini massaj qilishni o‘zingiz sozlamadan tanlashingiz mumkin.  

Robot hech qachon charchamaydi, ya’ni seanslar sifati o‘zgarmaydi. Narxi hali ma’lum qilinmadi, lekin har gal massajchining qo‘liga berganingizdan ko‘ra arzonga tushishi aniq. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring