Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashhur avtomobil markasi gigant ko‘ngilochar ekranga ega bo‘ldi

Mashhur avtomobil markasi gigant ko‘ngilochar ekranga ega bo‘ldi

Foto: Habr.com

Mercedes-Benz kompaniyasi zamonaviy funksiyalarga ega yangi E-Class modelini taqdim etdi. Unda selfi-kamera ta’minoti,  TikTok va Zoom ilovalari mavjud gigant sensor ekran bo‘ladi.

Superscreen arxitekturasi negizida kuchli dasturiy ta’minot yotibdi. Unda ma’lumotlar almashinishi tez va operativ yangilanishga ega. Shunga qaramay boshqaruv dizayni va belgilarini murakkablashtirmaslikka harakat qilishgan. U juda oddiy bo‘lib, smartfonni eslatadi.

Displey Dolby Atmos texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Unga selfi va videokamera ham o‘rnatishmoqchi. Ammo haydovchilar ekranga chalg‘ib qolmasliklari uchun xavfsizlik choralari ko‘rilmoqda. Masalan, yo‘lovchi ekranini haydovchiga ko‘rinmas yoki qorong‘iroq qilib qo‘yish mumkin. Selfi-kamera yo‘lovchi ekraniga haydovchining ko‘zi necha bor tushganini hisoblab boradi.

Ovozli boshqarish ham mumkin. Sun’iy intellekt tizimi "Salom, Mersedes" deganingizdan keyin faollashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring