Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktablarda videoga olish taqiqlanadimi?

Maktablarda videoga olish taqiqlanadimi?

Foto: It-world.ru

Rossiya Davlat Dumasi maktab darslarida foto va video suratga olishni taqiqlovchi qonun loyihasini ishlab chiqmoqda. Taxminlarga ko‘ra, yozib olish faqat ta’lim maqsadlarida ruxsat etiladi. Maktab ma’muriyati va o‘qituvchi bilan kelishilgan bo‘lishi ham shart.

Ota-onalarning 52 foizi bu tashabbusga qo‘shiladi: ular bolalarni o‘qishdan chalg‘itmaslik kerak, smartfon ekraniga emas, o‘qituvchilarga e’tibor qaratgani ma’qul, deb hisoblaydi.

Har to‘rtinchi ota-ona (24%) qonun loyihasiga qarshi. Ular videoyozuv qonun o‘quvchilarni haqorat qilgan yoki jismoniy kuch ishlatgan o‘qituvchilarni javobgarlikka tortishga yordam berishiga ishonchlari komil.

O‘qituvchilar orasida qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlash darajasi ota-onalarga qaraganda sezilarli darajada yuqori: 10 o‘qituvchidan 8 tasi taqiqqa rozi. Ularning fikriga ko‘ra, sinfda suratga olish va video tasvirga olish bolalarni ham, o‘qituvchilarni ham chalg‘itadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring