Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lazerli 3D-printer 8 tonnali mahsulotni chop eta oladi

Lazerli 3D-printer 8 tonnali mahsulotni chop eta oladi

Foto: Top3dshop.ru

Rosatom va Sankt-Peterburg dengiz texnika universiteti mutaxassislari olti o‘qli ikkita sanoat robotlari bilan jihozlangan eng yirik lazerli 3D-printerni yaratdi. Bosmaning o‘lchamlari 2,2 × 1 m.ga, og‘irligi esa 8 tonnaga yetishi mumkin. Ishlab chiqarishda 3D-printerdan foydalanish katta hajmdagi mahsulotlar tannarxini pasaytiradi va ularni ishlab chiqarish vaqtini qisqartiradi.

Ushbu uskunadan foydalanib, mustahkam va katta ob’yektlarni tez yaratishingiz mumkin. Og‘irligi 8 tonna bo‘lgan buyumni chop etish uchun 4,5 oy ketadi.

Innovatsion 3D-printerdan asosiy yuqori texnologiyali sohalarda – yadro, aviatsiya, kemasozlik, kosmik sohalarda foydalanish mumkin. Bu yirik o‘lchamdagi mahsulotlarning tannarxini pasaytiradi va ularni ishlab chiqarish vaqtini qisqartiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring