Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ko‘zi ojizlarga bu yorug‘ olamni ko‘rish imkonini beruvchi ixtiro

Ko‘zi ojizlarga bu yorug‘ olamni ko‘rish imkonini beruvchi ixtiro

Foto: Tobolinfo

Shveysariyadagi Syurix oliy texnik maktabi jamoasi ko‘rish qobiliyatini qisman tiklay oladigan sun’iy to‘r pardaga ega dunyodagi birinchi bionik ko‘zni yaratdi.

Tizim ko‘zoynakka o‘rnatilgan miniatyura kamerasi va ko‘zning shikastlangan to‘r pardasiga jarrohlik yo‘li bilan o‘rnatiladigan nurga sezgir nanosimlar matritsasidan iborat.

Matritsa kameradan kelgan signallarni elektr impulslariga aylantiradi, ular ko‘zning to‘r pardasida qolgan nerv hujayralarini qo‘zg‘atadi. Bu orqali sun’iy ko‘rishga erishiladi.

Ushbu ixtiro millionlab ko‘zi ojiz odamlarga umid bag‘ishlaydi. Ishlab chiquvchilar ayrim bemorlarda qisman ko‘rishni tiklashga muvaffaq bo‘lishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring