Kosmosni axborot texnologiyalari bilan zabt etish mumkin

Xabaringiz bor, 1961-yil 12-aprelda kosmonavt Yuriy Gagarin “Vostok-1” kosmik kemasida dunyoda birinchi marta Yer sayyorasi atrofida orbital parvozni amalga oshirgan. O‘shanda parvoz 108 daqiqa davom etgandi. Inson ilk marotaba fazoga uchgan mazkur voqea sharafiga har yili 12-aprel “Xalqaro aviatsiya va kosmonavtika kuni” sifatida nishonlanadi.
Bugungi kunda axborot texnologiyalari kosmik sanoatda faol qo‘llanilmoqda. Hozirgi kosmonavtika fan va texnika yutuqlariga asoslanib, dolzarb muammolarni hal qilishga o‘tdi.
Fazoviy texnologiyalardan foydalanish aloqa tizimining samaradorligini sezilarli darajada oshirdi, Yer sharining barcha burchaklarini bir-biri bilan bog‘lashga sharoit yaratdi. Sun’iy yo‘ldoshlarning uchirilishi bilan aloqa sifati tubdan yaxshilandi. Binobarin, kosmik aloqa tizimlari har bir mamlakatning xalqaro axborot almashinuvi imkoniyatlarini kengaytiradi.
Fazoni tadqiq etish kun sayin yangicha ixtirolarga sabab bo‘lmoqda. Masalan, bu borada robototexnika imkoniyatlari, kosmosda qo‘l keluvchi gadjetlar, parvozda innovatsion yondashuv, koinot transporti, u yerda inson yashashi uchun qulay sharoitlar, yangicha raketalar parvozi haqida olimlar doimiy ravishda bosh qotirmoqdalar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter