Firibgar “kriptoqirol” qo‘lga tushdi

Koreyalik “kriptoqirol” Do Kvon Chernogoriyada qo‘lga tushdi. Chernogoriya IIV rahbari Filip Ajichning bayonotiga ko‘ra, u Podgoritsa aeroportida qalbaki hujjatlar bilan ushlandi.
Do Kvon Luna kriptovalyutasi va TerraUSD steyblkoinini yaratgan.
O‘tgan yili Janubiy Koreya sudi firibgarlikda ayblanayotgan Kvonni hibsga olish uchun order bergan, Interpol xalqaro huquq organlaridan uni qidirish va tutishni talab qilgandi.
AQSh Qimmatbaho qog‘ozlar va birjalar komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, Do Kvon sarmoyadorlarni TerraUSD va Luna ga investitsiya kiritish xatarli emas, deya aldagan. Kvon sarmoyadorlarga yetkazgan zarar — 42 mlrd dollar!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter