Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘plarni chuv tushirgan: Telegramda “Chet elda ISH” guruhini ochgan firibgar ushlandi

Ko‘plarni chuv tushirgan: Telegramda “Chet elda ISH” guruhini ochgan firibgar ushlandi

Foto: Xabar.uz

Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida yashovchi 35 yoshli X.T. chet elga ishlashga ketaman deb aldanib qoldi. Bu haqda u ichki ishlarga arzida bayon qildi.

Aytilishicha, Telegram messenjeri orqali u bilan bog‘langan noma’lum shaxs Shvetsiyaga ishlashga jo‘natishni va’da berib, aldov yo‘li bilan uning bank kartasidagi 1 160 000 so‘m pulni qo‘lga kiritgan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi 25 yoshli S.M. sodir etganligi aniqlandi, deyiladi xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, S.M. Telegram messenjerida “Chet elda ISH” nomli guruh ochib, u yerda dunyoning turli mamlakatlariga ishga yuborishni va’da qilib, tuzog‘iga tushgan fuqarolarning bank kartalaridagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirib kelgan.

S.M. Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Qonunga muvofiq, S.M. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar  uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring