Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelajakning qurilish materiali rangini o‘zgartiradi

Kelajakning qurilish materiali rangini o‘zgartiradi

Foto: Hi-tech.mail.ru

Chikago universiteti qoshidagi molekulyar muhandislik maktabi olimlari tomonidan yonmaydigan xameleon-material yaratildi. Tashqi haroratga qarab, u o‘z xususiyatlarini, shu jumladan rangi va issiqlik bilan o‘zaro ta’sir qilish qobiliyatini o‘zgartiradi. Undan uylar qurishida foydalanish mumkin.

«Aslida biz binoga odam kabi munosabatda bo‘lishning kam energiya sarflaydigan usulini topdik. Bunday aqlli material bizga katta energiya sarfisiz bino ichidagi haroratni saqlashga imkon beradi», - deydi tadqiqotga rahbarlik qilgan olim Po-chun Xsu.

Olimlar materialni amalda sinab ko‘rdilar va samarali ekanini aniqladilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring