Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelajak kasbi — SMM sohasiga qiziquvchilar uchun master-klass tashkil etildi

Kelajak kasbi — SMM sohasiga qiziquvchilar uchun master-klass tashkil etildi

Foto: Digital.uz

Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusi va “Najot Ta’lim” markazi bilan hamkorlikda “Raqamli dunyoda SMM orqali daromadga chiqish” mavzusida master-klass tashkil etildi.

Ushbu tadbir yoshlarning IT sohasidagi bilimlarini oshirish, kelajak kasblariga qiziqtirish va raqamli dunyoda daromadga chiqish yo‘llarini o‘rgatish maqsadida o‘tkazildi.

Tadbirda “Najot Ta’lim” markazi mutaxassislari — Shavkatjon Ahtamov va Mardon Mo‘minjon o‘z tajribalaridan kelib chiqqan holda ishtirokchilarga yangi bilimlarni ulashdilar.

Qatnashchilarga tarmoqlarda kontent yaratish, obunachilar bilan muloqot qilish va ularni jalb qilish va ijtimoiy media reklamalar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Shu bilan birga, SMM hozirgi kunda qanchalik muhimligi, elektron tijorat uchun afzalliklari tushuntirildi hamda yig‘ilganlarga marketing sohasiga oid bilimlar ulashildi.

Master-klass so‘ngida ishtirokchilar va spikerlar o‘rtasida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring