JavaGPT haqida eshitganmisiz?

FrankCYB taxallusli ishlab chiqaruvchi GitHubda JavaGPT kodini e’lon qildi.
JavaGPT quyidagi xususiyatlarni qo‘llab-quvvatlaydi:
- Real vaqtda javob yozish;
- Chat tarixini saqlash;
- Ma’lumotlar bilan keyingi ishlash uchun chatlarni .json formatida saqlash;
- Avvalgi suhbatlarni yuklab olish uchun alohida menyu;
- Rasmiy ChatGPT veb ilovasida bo‘lgani kabi chat nomlarini avtomatik yaratish;
- Suhbat nomini o‘zingiz belgilash imkoniyati;
- Javoblarni HTML sifatida ko‘rish;
- Markdownni qo‘llab-quvvatlash;
- Xabarlar tarixini fayl sifatida saqlash imkoniyati;
- GPT 4 va 3.5 modellarini qo‘llab-quvvatlash va hakazo.
JavaGPT bilan ishlash uchun avvalo faylni loyiha omboridan yuklab olishingiz kerak bo‘ladi. O‘z kalitingizni konfiguratsiya faylidagi tegishli qatorga joylashtiring va JavaGPT.jar ilovasini ishga tushiring.
Ishlab chiquvchi, shuningdek, JavaGPT Windowsning zamonaviy versiyalarida ham, eskirgan versiyalarida ham bir xil darajada yaxshi ishlashini ta’kidladi.
Ilova Windows 98, ME, 2000, XP, Vista, 7, 8, 10 va 11 da ishga tushirilishi mumkin. Loyiha kodi ochiq GitHub omborida chop etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter