IT Park va Coursera Uzbekcoders.uz onlayn kurslarining yangi mahalliy platformasini ishga tushiradi

IT Park Coursera bilan hamkorlikda Uzbekcoders.uz onlayn kurslarining yangi mahalliy platformasini ishga tushiradi.
Uzbekcoders — bu endi yagona ta’lim portali ko‘rinishidagi One Million Uzbek Coders (OMUC) loyihasining qayta ishga tushirilishi.
Maqsad o‘zgarishsiz qoldi — yashash joyi, jinsi, daromad darajasi va tayyorgarligidan qat’i nazar, IT-ta’limni hamma uchun ochiq qilishdan iborat.
Bepul kurslar dasturi butunlay yangilandi. Endi ro‘yxatga data science, sun’iy intellekt, texnologiya, biznes va soft skills bo‘yicha yana 10 000 ta kurs qo‘shildi.
Eslatib o‘tamiz, Coursera xalqaro miqyosdagi onlayn ta’lim platformasi bo‘lib, u dunyoning 275 ta yetakchi universiteti, jumladan, Stenford, Prinston, Pensilvaniya, Jons Hopkins universitetlari, Kaliforniya texnologiya instituti va boshqalar bilan hamkorlikda kurslar yaratadi.
Coursera platformasi o‘quvchilari uydan chiqmagan holda quyidagilarga ega bo‘ladilar:
- xalqaro bozorda tan olingan sertifikat;
- karera boshlash yoki uni rivojlantirish uchun zarur bilim;
- qimmatbaho sovg‘alar bilan tanlovlarda, eng yaxshi mutaxassislar bilan konferensiyalarda qatnashish imkoniyati;
- har qanday kursni muvaffaqiyatli tamomlagan taqdirda foizsiz kredit olish huquqi;
- muayyan kursga sarflangan mablag‘ni 50 foizgacha qaytarish imkoniyati;
- 10 000 dan ortiq kurslarga yillik kirish imkoni.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter