Sizni IT universitetlari o‘qituvchi va talabalari uchun maxsus bepul onlayn vebinarga taklif qilamiz!

Bugungi kunda raqamli ta’lim tobora ommalashib, talabalar va o‘qituvchilar uchun cheksiz imkoniyatlar yaratmoqda. Ayniqsa, Coursera kabi global platformalar yordamida sifatli ta’lim olish, yangi kasblarni o‘rganish va zamonaviy ko‘nikmalarni egallash mumkin.
Shu maqsadda ushbu bepul onlayn vebinar tashkil etilmoqda. Unda Courseradan samarali foydalanish, to‘g‘ri kurslarni tanlash va sun’iy intellekt yordamida ta’limni yaxshilash usullari haqida ma’lumot beriladi.
Sana: 6-mart
Vaqt: 16:00
Format: Onlayn
Havola: https://coursera.zoom.us/j/91483125648
Mehmonlar:
🔹 Vera Ignateva – Coursera kompaniyasining Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika mintaqalari korporativ mijozlar muvaffaqiyati bo‘limi boshlig‘i
🔹 Xurshidjon Xudoyberdiyev – Professor, ta’limda sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha mutaxassis
Vebinarda nimalar haqida bilib olasiz?
✅Coursera platformasidan foydalanish va unda ta’lim olishning afzalliklari
✅ Talabalar uchun eng muhim ko‘nikmalar va ularni rivojlantirish yo‘llari
✅ Sun’iy intellekt murabbiyi va u orqali o‘qish samaradorligini oshirish
✅ Courserada kurs yaratish va nufuzli universitetlar bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari
✅ O‘quv jarayonida qo‘llab-quvvatlash xizmatlaridan qanday foydalanish mumkin?
Savol-javob sessiyasi:
Vebinar davomida Coursera va IT Education Association orqali qanday yordam olish mumkinligi haqida ham to‘liq ma’lumot beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tish shart emas, vebinar havolasi orqali qo‘shiling: https://coursera.zoom.us/j/91483125648
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter