Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IT-huquq: Kredit axboroti qanday himoya qilinadi?

IT-huquq: Kredit axboroti qanday himoya qilinadi?

Foto: Tipdoma.com

Savol: Kredit axboroti qanday himoya qilinadi?

Javob: "Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasining Qonunining 23-moddasida bu haqida ma’lumot berilgan.

Kredit byurolari, kredit axborotini yetkazib beruvchilar va kredit axborotidan foydalanuvchilar kredit axborotining saqlanishini hamda ruxsat etilmagan holda unga kirishdan, uni yo‘q qilib yuborishdan, o‘zgartirishdan, undan foydalanishdan yoki uni oshkor etishdan himoya qilinishini ta’minlashi kerak.

Kredit byurolari, kredit axborotini yetkazib beruvchilar, kredit axborotidan foydalanuvchilar, ularning rahbarlari va boshqa xodimlari kredit axboroti almashinuvi jarayonida o‘zlari olgan yoki o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni oshkor etishi taqiqlanadi.

Kredit axborotini tashkil etuvchi ma’lumotlar xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan o‘ziga ishonib topshirilgan yoki ma’lum bo‘lib qolgan yoxud ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqdim etilgan shaxslar bunday ma’lumotlarni mehnat shartnomasi (kontrakt) tugatilganidan keyin ham oshkor qilishga haqli emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring