Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IT-huquq: Axborot tizimlarining huquqiy rejimi qanday aniqlanadi?

IT-huquq: Axborot tizimlarining huquqiy rejimi qanday aniqlanadi?

Foto: "4brain.ru"

Savol: Axborot tizimlarining huquqiy rejimi qanday aniqlanadi?

Javob: "Axborotlashtirish to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga asosan axborot resurslari va axborot tizimlarining huquqiy rejimi quyidagilarni belgilovchi normalar bilan aniqlanadi:

axborotni hujjatlashtirish, axborot resurslarini shakllantirish va axborot tizimlarini yaratish tartibini;

axborot resurslariga va axborot tizimlariga bo‘lgan mulk huquqini;

axborot resurslarining ulardan erkin foydalanish darajasi bo‘yicha toifasini;

axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish tartibini;

axborot tizimlarining tarmoqlararo ulanishi tartibini.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring