Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“Ishga joylashtiruvchi” firibgar qo‘lga olindi

“Ishga joylashtiruvchi” firibgar qo‘lga olindi

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yashovchi 35 yoshli (ayol) O‘.Z. ichki ishlarga murojaat qilib, bank kartasidagi 525 000 so‘m pul firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qildi.

Tezkor-qidiruv xizmatining kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida yashovchi 26 yoshli M.A. sodir etgani aniqlangan.

Gumon qilinuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan M.A. Telegram messenjerining “Beminnat vakant” guruhi orqali O‘.Z. bilan tanishib, uni rahbar lavozimida ishlovchi tanishlari orqali Olmazor tumanidagi xxx-sonli o‘rta ta’lim maktabiga ishga olib kirib qo‘yishini aytib aldaydi va go‘yoki boshlang‘ich to‘lov sifatida 525 000 so‘m miqdoridagi pullarni o‘zining foydalanuvidagi plastik kartaga o‘tkazdirib olgan, so‘ngra yozishmalarni o‘chirib yuborib, qora ro‘yxatga kiritib qo‘ygan.

Xabarda aytilishicha, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.A.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

G‘alati ishlar. Qars ikki qo‘ldan chiqadi, deb shunga aytishsa kerakda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring