iPhone qiyofadoshi 100 dollarga sotilmoqda

Lava kompaniyasi Yuva Pro va Yuva 2 Pro smartfonlarini chiqardi. Ularni iPhone qiyofadoshi, desa ham bo‘ladi, chunki judayam o‘xshab ketadi. Faqat narxi o‘xshamaydi - 100 dollar.
Mumbay do‘konlarida savdosi boshlandi. Smartfon 4 GB operativ va 64 GB flesh-xotiraga ega. 6,5 dyuymli HD+ ekran bilan jihozlangan. Batareya sig‘imi 5000 mA•s. Anroid 12 operatsion tizimi bilan ishlaydi.
Telefon apparatlari oq, yashil, binafsha ranglarda taqdim etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter