Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

E’zoza Turg‘unova

“Agar inson nimanidir chin dildan orzu qilsa, butun koinot uni shu orzusiga yetishtirish payida bo‘ladi!”

Instagramda haqiqiy muxlislar ko‘pmi yoki piar ishqibozlari?

Instagramda haqiqiy muxlislar ko‘pmi yoki piar ishqibozlari?

ICT.xabar.uz Instagram ijtimoiy tarmog‘ida eng faol shou-biznes vakillarining reytingini tuzdi.

Reytingga kiritilganlarning atigi 4 nafari — erkaklar. Ayollar esa ikki baravar ko‘p.

Munisa Rizayeva 6 million nafarga yaqin Instagram-obunachilari bilan ro‘yxatning birinchi pog‘onasini egalladi.

Shahzoda hamisha sadoqatli obunachilari bilan ikkinchi pog‘onani zabt etdi.

Buni qarangki, Ahad Qayum ham obunachilar soni bo‘yicha Shahzodaga yetib olibdi. Bu Instagram foydalanuvchilari orasida haqiqiy muxlislar ko‘pligidan dalolatmikin yoki piar ishqibozlari?

Shohruhxon va Asal Shodiyeva juftligi ham Instagramda oilaviy faol. Albatta, Asal turmush o‘rtog‘idan ham bir necha pog‘ona yuqoriroq turibdi. Ammo eng muhimi, er-xotinning Instagramda emas, oiladagi darajasi, shunday emasmi?

Ziyoda, Durdona Qurbonova hamda Luiza Rasulovalarni esa Instagram-obunachilari bo‘yicha bir-biriga raqobatlasha oladigan trio desak, mubolag‘a bo‘lmaydi!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring