Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Informatika o‘qituvchilariga IT-sohasidagi so‘nggi tendensiya bo‘yicha treninglar tashkil etib boriladi

Informatika o‘qituvchilariga IT-sohasidagi so‘nggi tendensiya bo‘yicha treninglar tashkil etib boriladi

Bu to‘g‘rida Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi o‘rtasida imzolangan memorandumda kelishib olindi.

Kelishuvga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi Toshkent shahar bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘qituvchilarni raqamli texnologiyalar va ta’lim sohasidagi eng so‘nggi yutuqlar bilan tanishtirishga qaratilgan treninglar tashkil etib boriladi. Natijada, pedagoglar orqali maktab bitiruvchilari bugun IT-mehnat bozorida talabgir bo‘lgan ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.

Xususan, o‘qituvchilar sun’iy intellekt, dasturlash va algoritmlar, zamonaviy dasturlash tillari, ma’lumotlar tahlili kabi yo‘nalishlarni sohaning ilg‘or ekspertlaridan chuqur o‘rganib borishadi. Bu esa ta’lim natijalari va mehnat bozori o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etishga xizmat qiladi.

O‘z navbatida, loyiha doirasida yuqori natijalarga erishayotgan pedagoglarni rag‘batlantirish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish ham ko‘zda tutilgan. Ikki tomonlama hamkorlikda o‘qituvchilar orqali yosh avlodga kerakli bilim va ko‘nikmalarni berish, ularni kelajak kareralariga muvaffaqiyatli tayyorlash maqsad qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring