Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ilon Maskdan ish taklifi

Ilon Maskdan ish taklifi

Foto: Interfax.ru

Neuralink kompaniyasi rahbari Ilon Mask AQShning yirik neyroxirurgiya markazi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Unga neyrochipni odamlarda sinab ko‘rish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar kerak.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yildan beri izlanishlar olib borilayotgan miya implantatlari falaj, ko‘r yoki boshqa imkoniyati cheklangan insonlar bilan kompyuter orqali ma’lumot almashishni ta’minlaydi.

Kalamush, cho‘chqa va maymunda sinab ko‘rilgan chipni endi yurak yutib odamlarga o‘rnatish kerak. Lekin u o‘tgan yili hukumat tomonidan rad etilgandi.

Hozirda Neuralink xatolar ustida ishlash, loyihani takomillashtirish bilan band. Ishga neyroxirurgiya sohasi mutaxassislarini jalb etmoqchi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring