Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Mask xodimlari uchun shahar quryapti

Ilon Mask xodimlari uchun shahar quryapti

Foto: The Wall Street Journal

Ilon Mask Texas shtati (AQSh)da o‘z kompaniyalari xodimlari uchun shahar qurishni boshladi, deb xabar berdi The Wall Street Journal.

Shaharning nomi — Sneylbruk (Snailbrook).

Shahar kamida 24 kvadrat kilometr maydonni egallaydi. O‘nlab modul uylar, basseynlar, sport maydonlari va maktab quriladi. Sneylbrukda Space X, Tesla va Boring Company xodimlari istiqomat qilishadi, uy va yerlar pasaytirilgan narxlarda ijaraga beriladi.

Ilon Mask shahar qurish uchun Texas poytaxti Ostin yaqinidagi yaylovlar va qishloq xo‘jaligi yerlarini sotib oldi. Yer egalari va ko‘chmas mulk agentlari bilan uchrashuvda Mask va uning odamlari “Texas utopiyasi” Kolorado daryosi bo‘yida bunyod etilishi, shaharda xodimlar yashab, ishlashlarini ma’lum qilishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring