Ilon Mask Xni hamma uchun pulli qilmoqchi

O‘tgan dushanba kuni Ilon Mask Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan suhbat chog‘ida X ijtimoiy tarmog‘i (sobiq Twitter) yuzasidan kutilmagan bayonot berdi. Aftidan, milliarder xizmatga kirishni faqat obuna orqali ochish niyatida.
"Bu botlarning ulkan armiyasiga qarshi kurashishning yagona yo‘li",– dedi Mask.
Unga ko‘ra, agar har bir bot uchun bir necha dollar to‘lash kerak bo‘lsa, unda ularni yaratish foydasiz bo‘lib qoladi. Bundan tashqari, har bir yangi bot boshqa to‘lov usulini talab qiladi. Oddiy foydalanuvchilar uchun bu muammo bo‘lmasligi kerak.
Mask ijtimoiy tarmoqqa kirish qancha turishiga aniqlik kiritmadi, faqat bu “kichik miqdor” ekanligini ta’kidladi. Shu bilan birga, Premium obunasi, aftidan, yo‘qolmaydi, ammo u xizmatga kirishni o‘z ichiga oladimi yoki ikkita mustaqil to‘lov bo‘ladimi, hozircha aniq emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter