Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Mask SpaceX yuridik manzilini Delaverdan Texasga ko‘chirdi

Ilon Mask SpaceX yuridik manzilini Delaverdan Texasga ko‘chirdi

Foto: Peakpx.com

Ilon Mask Space Exploration Technologies Corp. (SpaceX) ro‘yxatdan o‘tgan manzilni Delaverdan Texas shtatiga ko‘chirishini e’lon qildi.

Tadbirkor avvalroq Neuralink kompaniyasi yuridik manzilini Nevadaga ko‘chirgandi.

Mask o‘zini Tesla avtokompaniyasidan olishi kerak bo‘lgan $55,8 mlrd mukofot pulidan mahrum qilgan Delaver kansleri Ketlin Sent-Jud Makkormikka javob choralari sifatida kompaniyalarini shtatdan ko‘chirib ketishni boshladi.

The Washington Post gazetasi yozishicha, Amerika korporatsiyalari aynan biznes yuritish uchun qulay qonunchiligi sababli Delaver shtatida ro‘yxatdan o‘tishardi. Biroq Maskning xatti-harakatlari jiddiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

“SpaceX o‘z ro‘yxatdan o‘tgan shtatini Delaverdan Texasga o‘zgartirdi! Agar sizning kompaniyangiz hamon Delverda hisobda turgan bo‘lsa, tezroq boshqa shtatga ko‘chirishni tavsiya qilaman”, — deb yozdi Mask X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring