Ilon Mask: “Neuralinkdan bironta ham maymun o‘lmagan”
Ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 12 ta maymun Neuralink chipi implantatsiya qilinganidan keyin o‘lgan.
Mavzuga oid: Neuralink miya chiplari xavfli bo‘lib chiqdi, Ilon Mask esa buni yashirgan
Lekin Ilon Maskning ta’kidlashicha, Neuralink miyadan kompyuterga interfeysini yaratish bo‘yicha tajribalari hech qachon sinovdan o‘tgan maymunlarning o‘limiga sabab bo‘lmagan. “Dastlab sog‘lom maymunlar uchun xavfni kamaytirish uchun biz kasal, o‘limi yaqinlashib qolganlarini tanladik”, — deb yozdi Mask X ijtimoiy tarmog‘ida.
Neuralink hozirda Kaliforniyaning Fremont shahrida qurilgan o‘zining laboratoriyasida tajriba o‘tkazmoqda. Mask maymunlar yashaydigan xonalarni “jannat” deb atagan. Ular keng, o‘yinchoqlar va televizorlar mavjud emish.
Hayvonlar ustida tajriba o‘tkazish bo‘yicha jamoatchilik fikri uzoq vaqtdan beri ikkiga bo‘lingan. Tibbiy asboblarni hayvonlarda sinab ko‘rish tarafdorlarining aytishicha, bu hayotni saqlaydigan asboblarni odamlarga zarar yetkazmasdan bozorga olib chiqish imkonini beradi. Muxoliflar tajribalar shafqatsiz ekanligini va ular ko‘pincha boshqa yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkinligini ta’kidlaydilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter