Ilon Mask mashhurroqmi yoki Barak Obama?

Bir vaqtning o‘zida Tesla, SpaceX, Neuralink, Twitter kompaniyalariga rahbarlik qilayotgan amerikalik milliarder Ilon Maskning Twitterdagi obunachilari soni tubdan oshdi.
Ijtimoiy tarmoqdagi obunachilar soni bo‘yicha talqin qilganda, Ilon Mask Amerikaning sobiq prezidenti Barak Obamadan o‘zib ketdi.
Ayni vaqtda Ilonning Twitterdagi akkaunti 133 072 685, Obamaniki esa 133 043 099 nafar obunachiga ega. Mazkur ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tish sanasi Ilon Maskda 2009 yil iyun, Barak Obamada esa 2007 yil martga to‘g‘ri keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter