Ilk bor oddiy smartfondan sun’iy yo‘ldosh orqali qo‘ng‘iroq amalga oshirildi

AST SpaceMobile kompaniyasi AT&T operatori bilan birgalikda sun’iy yo‘ldosh orqali ikki tomonlama audio qo‘ng‘roqni amalga oshirishdi. Bu uchun Samsung Galaxy S22 smartfoni tanlandi.
Mazkur voqea nafaqat AQSh, balki rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ham katta yutuq hisoblanadi. Zero, mobil telefonlar imkoniyatlarini kengaytirish bugungi kunning muhim masalalardan biridir.
Kompaniya birinchi va yagona kosmik keng polosali uyali tarmoqni yaratmoqda. 2G dan 5G gacha bo‘lgan ta’minotni joriy etish asosiy maqsadlari sirasiga kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter