“Ijtimoiy vaziyat” axborot tizimi ishga tushiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-iyul kuni Farg‘ona o‘tgan Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishida IIV va Raqamli texnologiyalar vazirliklariga ikki oy muddatda har bir viloyat-tuman-mahalla kesimida ijtimoiy va kriminogen muammolarni raqamlashtirish orqali “Ijtimoiy vaziyat” axborot tizimini ishga tushirish haqida topshiriq berdi.
Bunda, aholi noroziligiga sabab bo‘layotgan ijtimoiy muammolarning yagona reyestri shakllantiriladi, mas’ul idoralarning kuchi muammoga qarab manzilli yo‘naltiriladi.
Bundan buyon viloyat va tuman ichki ishlar rahbarlari har oyda kamida bir marta tuman va shahar kengashlariga jinoyatchilik ahvoli bo‘yicha hisobot berishi belgilandi.
Ichki ishlar va Raqamli texnologiyalar vazirliklari oldiga aholining barcha tezkor va shoshilinch xizmatlarga murojaatlarini operativ hal qilish maqsadida yagona “112” tezkor raqami va dispetcherlik tizimini ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.
Ushbu tizim 2024-yil 1-yanvardan Toshkent shahrida, 1-iyulga qadar vodiy viloyatlarida, kelasi yil yakuniga qadar esa barcha tuman va shaharlarda ishga tushirilishi shart qilib belgilandi.
Shu orqali navbatchilik qismlari faoliyati ham tubdan qayta ko‘rib chiqiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter