“ICTWEEK UZBEKISTAN- 2024” haftaligi qanday imkoniyatlarni taqdim etadi?
Joriy yilning 17–20 sentyabr kunlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yilning asosiy tadbirlaridan biri – “ICTWEEK UZBEKISTAN- 2024” – haftaligi bo‘lib o‘tadi.
Haftalik O‘zbekistonni axborot texnologiyalari sohasidagi mintaqaviy markaz – IT xabga aylantirish, mamlakat IT xizmatlari eksportini oshirish,tajriba almashish uchun platforma yaratish va zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarning so‘nggi yutuqlari hamda IT bozorining xorijiy investorlar uchun jozibadorligini namoyish etish maqsadida 20 yildan beri o‘tkazib kelinmoqda.
Joriy yilda haftalik Startaplar, autsourcing va investitsiya uchun eng yirik maydon, venchur dasturlar, BPO, elektron tijorat, sun’iy intellekt, IT yechim provayderlari, raqamlashtirish va davlat xizmatlari, IT investitsiya imkoniyatlari, davlat-xususiy sheriklik, IT ta’lim, AKT sohasida biznes hamkorlikni mustahkamlash kabi mavzularda 20 ga yaqin yirik forum va sammitlarni o‘z ichiga oladi.
ICT EXPO ko‘rgazmasi — Yirik xorijiy va eksportga yo‘naltirilgan mahalliy IT kompaniyalar, FinTech, O‘yin va robototexnika sanoati, Telekommunikatsiya sohasi vakillari, ta’lim kompaniyalari, elektronika, dasturiy ta’minot va texnik xizmatlar hamda boshqa ko‘plab kompaniyalar bilan muloqot uchun imkoniyat yaratadi.
B2B, B2C, B2G, G2C formatida o‘tadigan haftalikda Yaponiya, Koreya, Xitoy, Qatar, Latviya kabi davlatlarning milliy pavilonlari joy oladi va ularning TOP IT kompaniyalari qatnashadi.
Haftalik doirasida:
- “ICTWEEK UZBEKISTAN- 2024” haftaligining rasmiy ochilish marosimi 17 sentyabr kuni CAEx majmuasida boshlanadi. Unda rasmiy vazirlik va idora, xorijiy tashkilot vakillari, tadbir hamkorlari Invest Qatar, DataWolt, UZUM, ZTE, Huawei, IT Park vakillari ishtirok etib, turli mavzularda chiqishlar qiladi.
- “Shared Services & Offshore Outsourcing” konferensiyasida O‘zbekistonda xorijiy kompaniyalar uchun imkoniyatlar va shart-sharoitlar taqdimoti, imtiyozlar, ko‘p tilli ishchi kuchi, biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturlari, mamlakatda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan kompaniyalarning tajribalari bilan tanishish imkoniyati bo‘ladi.
- “IT sohasida ayollar: Imkoniyatlar va muammolar” konferensiyasida IT sohasida muvaffaqiyatli karera qurishga intilayotgan ayollarni ilhomlantirish va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, to‘siqlarni bartaraf etish va mukammallikka erishish strategiyalarini muhokama qilib to‘g‘ri yo‘l korsatish ko‘zda tutilgan.
- “ Startup pitch ” tanlovi.
- Raqamli hukumat: muammolar va istiqbolli rejalar;
- Latviya-O‘zbekiston forumi — AKT siyosati va raqamli hukumat, Davlat va xususiy sektorda 5G roli, raqamli ko‘nikmalar va ta’lim, sun’iy intellekt kabi mavzularni o‘z ichiga oladi;
- "Startup & Venture" sammiti — venchur moliyalashtirish, autsorsing va sun’iy intellekt bo‘yicha forumlar, investorlar bilan uchrashuvlar, startapingizni namoyish etish imkoniyati, yetakchi mutaxassislarning qimmatli tajribasi bilan tanishish imkoniyatlarini o‘z ichiga oladi.
- Koreya-O‘zbekiston IT hamkorlik forumi — ikki mamlakat IT-kompaniyalarining taqdimotlari, B2B uchrashuvlar va netvorkingni o‘z ichiga olgan;
- "She Loves Tech" tanlovi;
- Sun’iy intellekt forumi — AIni rivojlantirishdagi mintaqaviy sa’y-harakatlar, AI davrida yuqori darajada hisoblash, Jamiyat manfaati uchun AI mavzularida sessiyalar.
- “IT ta’lim va frilansing Forumi” — Karerangizni yangi bosqichga olib chiqishga yordam beradigan aspektlar va IT sohasidagi eng so‘ngi ta’lim tendensiyalari bilan tanishish imkoniyati, xorijda IT sohasida muvaffaqiyatga erishgan vatandoshlar va xorijiy mehmonlardan IT ta’limga oid chiqishlar.
- “GameDev” kuni — IT Park Uzbekiston va “East Games” o‘tkazayotgan ushbu tadbirda sizni dunyo bo‘ylab sohaning yetakchi mutaxassislaridan qiziqarli ma’ruzalar, ajoyib studiyalar, ijodkor startaplar va investorlar bilan aloqa o‘rnatish imkoniyati, eng faol ishtirokchilar uchun qimmatli sovg‘alar kutmoqda.
“CAEx (Central Asian Expo Uzbekistan)” majmuasining jami 10 000 kv.m maydonda tashkil etilayotgan“ICT EXPO -2024” ko‘rgazmasida jami 200 dan ziyod xorijiy va mahalliy IT kompaniyalar ishtirok etishi kutilmoqda.
Shuningdek, 100 ga yaqin yirik xorijiy kompaniyalar: – Data Volt, Venkom, HP, Yandex, Uzum, Lenovo, Nokia, Dell, CompTIA, Startup Qatar, ZTE, Huawei va IT Park rezidentlari, hamda axborot texnologiyalari sohasidagi mahalliy yirik kompaniyalar kompaniyalariningyangi innovatsion dasturiy mahsulotlarining taqdimotlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter