“O‘zbekiston uchun kelajakdagi IPv6 asosidagi Net5.5G tarmoq infratuzilmasi” sammiti o‘tkazildi
“ICTWEEK– 2024” haftaligi doirasida tashkil etilgan mazkur tadbir “Raqamli O‘zbekiston 2030” strategiyasi bilan belgilangan maqsadlarga erishish yo‘lida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishish, xalqaro tashkilotlar va kompaniyalar bilan tajriba almashish, O‘zbekistonda IPv6, IPv6 Enhanced va Net5.5 tarmoqlarini joriy etishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Tadbirda “IPv6 Forum”, “RIPE NCC”, “Huawei Technologies Co. Ltd”, “IETF IAB”, “Ucell”, “Uzbektelekom” kabi xalqaro va mahalliy kompaniya va tashkilotlar vakillari ishtirok etib, ekspertlar tomonidan o‘z taqdimotlarida 50 dan ortiq soha mutaxassislari, tahlilchilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan o‘z bilim va tajribalari, fikrlari va fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Sammit davomida Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida “UNICON.UZ” MChJ, “RIPE NCC” va O‘zbekiston IPv6 Kengashi a’zolari tomonidan hamkorlikda tayyorlangan “O‘zbekiston uchun IPv6 asosidagi kelajak tarmoq infratuzilmasi” hisobotining taqdimoti o‘tkazildi.
Ushbu hisobot O‘zbekistonda IPv6 texnologiyasining hozirgi kundagi holati va tahlili, rivojlanish tendensiyalari, IPv4 tarmoqlardan IPv6ga o‘tish muammolari va yechimlari, regulyator va aloqa operatorlari uchun tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Anjuman doirasida mutaxassislar tomonidan IPv6 protokolini amaliyotga joriy etish va integratsiya qilish bo‘yicha yetakchi xorijiy kompaniyalar va mamlakatlar tajribasi, erishilgan yutuqlar, duch kelinadigan muammolar, istiqbolli loyihalar va ushbu yo‘nalishdagi imkoniyatlar muhokama qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter