Haydovchisiz mashinani masofaviy boshqarish Kia elektromobilida sinab ko‘rildi

Vay nemis startapi Yevropa yo‘llarida transportni masofaviy boshqarish huquqini qo‘lga kiritgan ilk kompaniya sanaladi. Undagi tizimga ko‘ra operator harakatni monitor va manipulyatorlar yordamida boshqa joydan turib boshqaradi.
Dastur Gamburg shahrida avvaldan belgilangan yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi. Haydovchisiz taksi mijozni istagan joyiga olib borib qo‘yadi, so‘ng buyurtma bo‘yicha boshqa yo‘lovchining oldiga boradi.
Bu texnologiya ustida ishlash va yopiq joylarda sinovdan o‘tkazish 3 yil vaqt oldi. Sinov tariqasida Kia elektromobilidan foydalanildi. Startapni rivojlantirish uchun 100 million dollar sarmoya kiritilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter