Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hamma yengil noutbuk chiqarishga o‘tgan payt Panasonic ham qatordan qolmadi

Hamma yengil noutbuk chiqarishga o‘tgan payt Panasonic ham qatordan qolmadi

Foto: Habr.com

Panasonic yengil vaznli - 979 gramm, 12,4 dyuymli, qalinligi 19,9 mm noutbuk chiqardi.

Texnik xususiyatlariga ko‘ra, noutbukda 1920x1280 piksel (60 Gs, 16,77 million rang) o‘lchamli TFT FHD+ sensorli displey mavjud. Qurilma standart sifatida Intel Core i7-1360P protsessori, 16 GB operativ xotira va 512 GB (2 TB gacha) SSD bilan jihozlangan. Yaponiya bozoridagi narxi 2050 dollardan.

Noutbuk standart ravishda bitta dinamik (24-bitli stereo, Intel High Definition Audio bilan mos keladi), mikrofon, yuzni tanishga ega infraqizil kamera va yorug‘lik sensoriga ega.

Noutbuk og‘irligi 220 gramm va quvvati 65 Vt gacha bo‘lgan quvvat adapteri bilan birga sotiladi. Shunisi e’tiborga loyiqki, ikkita turdagi qayta zaryadlanuvchi batareyalarni tanlash mumkin - og‘irligi 270 gramm bo‘lgan standart (litiy-ion, 11,55 V, nominal quvvati 4300 mA/soat, batareyaning ishlash muddati 16 soatgacha) va og‘irligi 190 gramm bo‘lgan engil. 2543 mA/soat, 9,5 soatgacha avtonom ishlash).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring