Google xrombuklarni 10 yilgacha qo‘llab-quvvatlaydi
Google kompaniyasi kelgusi yildan xrombuklarni qo‘llab-quvvatlash muddati oldingi 8 yildan 10 yilgacha oshirilishini ma’lum qildi.
Korporatsiya vakillariga ko‘ra, yangi qoida 2021-yildan keyin chiqarilgan barcha xrombuklarni qamrab oladi. Ko‘rsatilgan muddatgacha chiqarilgan qurilmalar esa kengaytirilgan qo‘llab-quvvatlash opsiyasiga ega bo‘ladi, deyiladi Google saytida.
Ta’kidlanishicha, kompyuterlar xavfsizligini oshirish maqsadida ushbu qarorga kelindi, chunki hech bir operatsion tizim bunchalik uzoq qo‘llab-quvvatlash muddatiga ega emas.
Bundan tashqari, Google maktab o‘quvchilari uchun chiqariladigan xrombuklarni tez ta’mirlash dasturini taqdim etdi — avtorizatsiyalangan servis markazlari tezligi ikki baravar oshishi aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter