Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Google va Microsoftdan keyin: Firefox o‘zining chat-botiga ega bo‘ladi

Google va Microsoftdan keyin: Firefox o‘zining chat-botiga ega bo‘ladi

Foto: Theinformation

Tarmoq manbalarining xabar berishicha, Mozilla Firefox brauzeriga sun’iy intellektga asoslangan chat-bot qo‘shmoqchi. Hozir ular OpenAI va Google texnologiyalaridan birini tanlash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, Mozilla Google bilan hamkorliki kelishgan, unga ko‘ra Firefoxda Google qidiruv tizimidan ustuvorlik sifatida foydalanish belgilangan. Ammo bu boshqa qarorlarga taalluqli emas. Shunday qilib, brauzerda OpenAI yechimi paydo bo‘lishi ehtimoli bor.

Yangi funksiyaning ishga tushirilish sanasi hali aniqlanmagan. Biroq, bu tez orada sodir bo‘ladiganga o‘xshaydi, chunki sun’iy intellektga asoslangan chat-botlar hozirda trendda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring