Google AIni Google Docs va Gmailga qo‘shadi

Google sun’iy intellekt bilan jihozlangan, funksional jihatdan ChatGPTga o‘xshash birinchi Workspace mahsulot to‘plamini e’lon qildi. Hozircha bu xususiyat Google Docs (Hujjatlar) va Gmailda kutilmoqda. Tizim ishlashini ma’lum bir vakansiya tavsifni yaratish misolida ko‘rsatilshdi.
Dastlab qisqacha ishora tuziladi, shundan so‘ng tizim o‘zi kerakli matnni yaratadi. Keyinchalik sun’iy intellekt matnlarni yozish, tekshirish va qayta yozish, shuningdek, g‘ayrioddiy va qiziqarli g‘oyalarni o‘ylab topishi mumkin bo‘ladi.
Pochtada avvalroq Smart Reply va Smart Creation funksiyalari allaqachon paydo bo‘lgan va endi sun’iy intellekt kichik xatni to‘ldirishni yoki aksincha, uzunni kengaytirishni o‘rgandi. Shuningdek, u xatning ohangini o‘zgartirishga imkon beradi, uni yanada rasmiy yoki aksincha qilishi mumkin. Shuningdek, u markirovka qilingan ro‘yxatlarni yaratishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter