Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Geely O‘zbekiston bozoriga kirib keladi

Geely O‘zbekiston bozoriga kirib keladi

Foto:chinamashina

Joriy yilda Geely o‘z avtomobillarini O‘zbekistonda rasman sotishni boshlaydi va ularga avtomobillarning yetarlicha keng assortimentini, jumladan, elektromobillarni taklif qiladi.

Ishlab chiqaruvchi birinchi navbatda Geely Geometry C elektr xetchbekini O‘zbekistonda chiqarishga qaror qildi. Avtomobil 204 ot kuchiga ega elektr stansiyasi bilan jihozlangan va 550 km masofani bosib o‘tadi. Multimedia tizimining menyusida rus va ingliz tillarini tanlashingiz mumkin.

“Ishonchimiz komilki, xaridorlar Geely kompaniyasining yangi mahsulotlarini, xususan Geely Geometry C elektr modelini yuqori baholaydilar. Ushbu model zamonaviy dizaynni juda raqobatbardosh ustunliklari bilan bir qatorda jozibador narx bilan birlashtiradi”– deydi, Saidjon Tursunov, Asaka Motors International distribyutorlik kompaniyasi tijorat direktori.

Undan keyin elektr krossoveri, shuningdek, benzinli modellar: Geely Coolray, Monjaro, Tugella va Okavango krossoverlari, shuningdek Emgrand sedani paydo bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring