GDG DevFest qanday o‘tdi?

Joriy yilda ham dasturchilar uchun xalqaro darajada bilim almashish va professional aloqalar o‘rnatish imkoniyatini yaratayotgan mazkur festival doirasida dasturchilar, IT mutaxassislar va texnologiyalarga befarq bo‘lmaganlar Google kompaniyasining so‘ngi texnologiyalari va ishlanmalari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Dasturchilar va sanoat ekspertlarini birlashtirgan, bilim almashish va professional aloqalar o‘rnatish imkoniyatlarini yaratib kelayotgan mazkur tadbirga har yili qo‘shni mamlakatlar va butun O‘zbekistondan texnologiya qiziquvchilar tashrif buyurdi.
Joriy yilda tashkil etilgan mazkur tadbirga respublika bo‘yicha 5 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi.
Shuningdek, festival doirasida o‘tkazilgan EXPO DevFest 2024 ko‘rgazmasida Google hamda boshqa kompaniyalarning so‘nggi texnologiyalari va ishlanmalari namoyish etildi.
Festivalda so‘zga chiqqanlar Prezidentimiz tomonidan raqamli ekotizimni rivojlantirish, yosh dasturchilar va IT sohasida yaratib berilayotgan imkoniyatlar tufayli O‘zbekiston IT sohasida o‘ziga xos rivojlanish yo‘liga chiqqanini alohida e’tirof etdilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter