Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Finlyandiyada dunyodagi birinchi haydovchisiz suv taksisi paydo bo‘ldi

Finlyandiyada dunyodagi birinchi haydovchisiz suv taksisi paydo bo‘ldi

Foto: Newatlas

Callboats kompaniyasi Finlyandiya poytaxti Xelsinkida dunyodagi birinchi haydovchisiz suv taksisini ishga tushirdi.

Ushbu quyosh elektr qayiqlari o‘tish xarajatlarini kamaytirish va kapitanlarning etishmasligi muammosini hal qilish uchun mo‘ljallangan.

Oxirgi 12 oy ichida kompaniya kapitan tomonidan boshqariladigan elektr qayiqlar bilan smartfon ilovasi orqali foydalanish imkoniyatini sinab ko‘rdi.

Endi u avtonom ishlashga o‘tmoqda, masofaviy operatorlar bir vaqtning o‘zida bir nechta qayiqlarni kuzatib boradi.

Qayiqlarning o‘zi 10 o‘ringa mo‘ljallangan, quvvati 10 kVt va maksimal tezligi 9 tugun bo‘lgan to‘rtta elektr motoriga ega. Standart 60 kVt-soat batareya to‘qqiz soatgacha ishlashni ta’minlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring