Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eski batareyalardan shahar elektr tarmoqlarida foydalanish mumkin

Eski batareyalardan shahar elektr tarmoqlarida foydalanish mumkin

Foto: Lenta.ru

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, kelajakda elektromobillarning eskirgan akkumulyatorlarini qayta ishlash va ulardan foydalanish muammosi dolzarblashadi. Shu munosabat bilan olimlar eski batareyalardan energiyani tejash uchun shahar elektr tarmoqlarida foydalanish mumkinligini aytishdi.

Olimlarning ta’kidlashicha, elektromobillarga o‘rnatilgan akkumulyatorlar quvvatlash davrlarining ko‘pligi tufayli nisbatan tez eskiradi. Bunday batareyalar energiyani uzoq vaqt ushlab turolmaydi, lekin ularni bir joyga to‘plash va uy xo‘jaligida elektr energiyasini saqlash uchun foydalanish mumkin.

2050 yilga borib ushbu energiya manbalarining umumiy mavjud quvvati 32 dan 62 teravatt-soatgacha bo‘ladi, bu esa kundalik ehtiyojni qondirish uchun yetarli.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring