"Esim qursin", deydigan qariyalarga mos robot

Kanadadagi Vaterloo universiteti muhandislari yo‘qotib qo‘ygan narsangizni topib beradigan robot ixtiro qilishdi. U asosan qarichilik yoki kasallik sabab xotirasi pasayib qolgan keksalarga mos keladi. Masalan, telefon, kalit, ko‘zoynak, dori kabilarni darrov topib beradi.
Dastyor robotning ismi Fetch. Kamera va manipulyator bilan jihozlangan, yashash joyini kuzatish va predmetlarni aniqlashga moslashtirib dasturlashtirilgan. Masalan, yerga nimadir tushib ketsa, buning sanasi va vaqtini yozib qoldiradi. So‘ng bu haqida so‘rov berilganida ma’lumot smartfondagi ilova yoki kompyuterga jo‘natiladi. Shu tariqa yo‘qotib, qayerga qo‘yganingizni bilolmayotgan narsangizni osongina topib olasiz.
Robot avvaliga sog‘lom odamlar qo‘lida sinab ko‘riladi, so‘ng kekalar va bemorlarga topshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter