Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi insultdan keyin miyani qayta tiklash imkoni bor

Endi insultdan keyin miyani qayta tiklash imkoni bor

Foto: 4PDA

Tokio tibbiyot va stomatologiya universiteti tadqiqotchilari ishemik insultdan so‘ng shikastlangan miya hujayralarini tiklashga undaydigan yangi molekulyar usulni aniqladilar.

Bu ishemik insultdan keyin shikastlangan miya hujayralarini o‘zini-o‘zi davolashga imkon beradi.

Yangi usul ma’lum bir yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega omega-6 yog‘ kislotalari oilasining bir qismi bo‘lgan dihomo-gamma-linolenik kislota (DGLA) bilan bog‘liq.

Sichqonlarda PLA2GE2 namunasini manipulyasiya qilish orqali olimlar u miya hujayralarining tiklanishiga ham ta’sir qilishini payqashdi.

Boshqa tomondan olib qaraganda esa mazkur fermentning yetishmasligi miyaning yanada ko‘proq yallig‘lanishiga, neyronlarda tiklanish xususiyatining pasayishiga va ko‘proq to‘qimalarning yo‘qolishiga olib keladi.

DGLA va PLA2GE2 dan PADI4 ga qadar tadqiqotchilar miyani tiklash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha signalizatsiya yo‘llarini topdishdi.

Tadqiqotda sichqonlardan foydalanilgan bo‘lsada, olimlar insultning shikastlangan joyini o‘rab turgan neyronlar odamlarda ham PLA2GE2 va PADI4 ni ifodalashini tasdiqladilar.

Ya’ni bu bizda sichqonlar bir xil tuzalish imkoni borligini anglatadi.

Yangi kashfiyot ishemik insultdan keyingi tiklanishni tezlashtiradigan terapevtik vositalarni yaratishga olib kelishi mumkin.

Ma’lumot uchun, DGLA o‘simlik moylari, don, go‘sht va sut mahsulotlarida mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring