Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng arzon elektromobil - atigi 47 ming dollar!

Eng arzon elektromobil - atigi 47 ming dollar!

Foto: "Habr.com"

"Tesla" elektromobillari qimmatlashayotgani, Ilon Maskning biznesi yirik inflyasiya yoqasida turgani haqida xabar bergan edik. Kompaniyaning barcha elektromobillari narxi yangilandi, to‘g‘rirog‘i ko‘tarildi.

Natijaga ko‘ra, eng arzon elektromobil "Model 3" bo‘lib, 47 ming dollar narx belgilandi.

Yangilangan narxga ko‘ra eng qimmat narx "Plaid" versiyasiga belgilangan bo‘lib, 138 900 dollarni tashkil qiladi.

O‘tgan hafta davomida benzin narxi sezilarli darajada oshgani bois elektr mashinalarga talab ortdi. Ma’lum bo‘lishicha, buyurtmalar ikki barobar oshgan. Lekin, ko‘rib turganingizdek, xaridorlar yomg‘irdan qochib qorga tutildi: elektromobillar ham qimmatlashib ketdi.

Bundan tashqari, buyurtmalarni qabul qilish ham cho‘zildi. Qimmatbaxo mashinani kutish bir necha oy vaqt oladi. Arzonroqlari yil oxirlarida keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring