Eng aqlli va hamyonbop GPT-4 Turbo

OpenAI o‘zining GPT-4 xususiy til modelining Turbo prefiksli yangi versiyasini taqdim etdi.
U katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ham bemalol ishlashi mumkin. Qolaversa, bir qancha foydali xususiyatlarga ega bo‘lish barobarida, oldingi versiyaga qaraganda ancha aqlliroq ekanligi bilan ajralib turadi.
Asosiy yangilik esa oldingi versiyadagi 8 000 o‘rniga 128 000 kontekst uzunligidir. Bu AI tomonidan real vaqtda qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan taxminan 96 000 ta so‘z deganidir.
Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, GPT-4 Turboga asoslangan chatbot joriy suhbat haqidagi ma’lumotlarning bunday miqdorini o‘z xotirasida saqlashga qodir.
Bundan tashqari, yangi modeldan faqatgina 2021-yil sentyabrigacha emas, balki 2023-yilning apreligacha sodir bo‘lgan voqealar haqida ham so‘rab olishingiz mumkin.
Ushbu model asosida fotosuratlardagi ob’yektlarni taniydigan va matnni ovozga aylantira oladigan ilovalar yaratish mumkin.
Shu bilan birga, har bir foydalanuvchining xabarini eslab qoladigan yordamchi botlarni yaratish uchun Assistants API ham taqdim etildi.
OpenAI bosh direktori Sem Altmanning aytishicha, endi mijozlar GPT-4 tomonidan yaratilgan kontent tufayli mualliflik huquqi buzilganlikda ayblansa,kompaniya foydalanuvchilarni bemalol sudda himoya qiladi.
Biroq, bu ChatGPT foydalanuvchilari va Plus obunasga egalari bundan mustasno.
Yana bir yangilik ovozli yozuvlarni matnga aylantiruvchi Whisper modelining uchinchi versiyasi ham chiqarilish arafasida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter